Do‘stlik festivali

17 мая 2018 г., четверг

“Yoshlar festivallari” doirasida o‘tkazilgan talovlarning Toshkent viloyatining iqtidorli va iste’dodli yoshlarini kashf etdi.
Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi “Yoshlar festivallari” doirasida o‘tkazilgan talovlarning Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblarining hisobot konserti dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari Galifulin Rustam Maratovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Tanlovda faol ishtirok etgan yoshlar hamda g‘oliblarining hisobot konserti dasturi tatar millatiga mansub yoshlarning badiiy chiqishlari bilan hamdo‘stlik festivaliga aylanib ketdi-deydi Najimov Jamoliddin viloyat Kengashi bo‘lim mudiri.
Tadbir yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Karimov Doniyor Dilmurodovich hamda Tatariston Respublikasi Sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Maratovich o‘rtasida samimiy suhbat o‘tkazildi. Hamda ikki davlat yoshlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Delegatsiya a’zolariga Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Manba: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi http://toshvil.uz/oz/pages/news_administration/do_stlik_festivali_/

ПОДПИСАТЬСЯ НА НОВОСТИ
Все материалы сайта доступны по лицензии:
Creative Commons Attribution 4.0 International