O‘zbek-Tatar xalqlari o‘rtasida sport va yoshlar bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikni anglatuvchi memorandum imzolandi

17 мая 2018 г., четверг

2018 yil 12 may kuni Tatariston Respublikasining Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati hokimiyatiga tashrif buyurdi.
Muloqot davomida Toshkent viloyat hokimi G‘. Ibragimov mehmonlarga ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlik davlat rahbarlarining tashriflari mobaynida imzolangan qator hujjatlarda aks etgani, bugungi muloqot ham ayni maqsadlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, poytaxt viloyatining iqtisodiy, madaniy, turistik va sport borasidagi imkoniyatlari bilan atroflicha tanishtirildi. O‘zbek-tatar xalqlarining azaliy do‘stligi, e’tiqod va maqsadlari mushtarakligi haqida samimiy fikrlar bildirildi. Muhimi, ishonch, ishonchli do‘st bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib, barqaror rivojlanishga erishish mumkin, deyildi uchrashuvda.
Delegatsiya rahbari RUSTAM GARIFULLIN – Tatariston Respublikasining Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari ham o‘z navbatida taklif uchun minnatdorlik bildirar ekan, bu kabi hamkorlik rishtalari bardavomlik kasb etishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etdi. O‘zbek xalqining tafti, mehmondo‘stligini samolyotdan tushganimizdayoq his qildik, dedi samimiyat bilan mehmon.
Tashrif doirasida o‘tgan muloqotda asosan sport va yoshlar bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
Hozirda Tatariston Respublikasida tahsil olayotgan 100 lab o‘zbekistonlik yoshlarning faolligi va zukkoligi tilga olindi. O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor jumladan sport muzeylari, saroylarining mahobati, ulardagi sharoitlar, yosh avlodni sog‘lomlashtirish yo‘lidagi islohotlarni ommalashtirish lozimligi e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni anglatuvchi memorandum imzolandi.
 

Manba: Toshkent viloyati hokimligi http://toshvil.uz/oz/pages/news_administration/o_zbek_tatar_xalqlari_o_rtasida_sport_va_yoshlar_bilan_liq_bog_qator_masalalar_yuzasidan_ikki_tomonl/

ПОДПИСАТЬСЯ НА НОВОСТИ
Все материалы сайта доступны по лицензии:
Creative Commons Attribution 4.0 International